locale OZ

«PSJ» Xulian Alvares uchun 150 million yevrodan voz kechishga tayyor

Argentinalik yulduz yozda «Atletiko»ni tark etishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» Xulian Alvares uchun 150 million yevrodan voz kechishga tayyor
FOTO: Getty Images

«PSJ» klubi hujumchi Xulian Alvaresning transferi bo‘yicha Madridning «Atletiko» jamoasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Fransiya klubi 26 yoshli forvardning o‘tishi uchun 150 million yevrodan ko‘proq mablag‘ to‘lashi mumkin. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar berdi.

Alvares 2024 yilning yozidan buyon «matraschilar» safida to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda ishtirok etib, 20 ta gol va 9 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, o‘yinchining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting