locale OZ

«PSJ» Vitinyaning jarohati haqida rasmiy bayonot berdi

Portugaliyalik futbolchi «Lion»ga qarshi oʻyinda oʻng tovonini shikastlab olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» Vitinyaning jarohati haqida rasmiy bayonot berdi
FOTO: Getty Images

«PSJ» matbuot xizmati jamoa yarim himoyachisi Vitinyaning jarohati borasida rasmiy bayonot berdi. Avvalroq, xavbek Liga 1 ning 30-turidan o‘rin olgan «Lion»ga qarshi bahsda (1:2) jarohat olgan edi.

«Lion» bilan o‘yinda o‘ng tovonidan jarohat olgan Vitinya yaqin bir necha kun davomida davolanishda davom etadi. Hafta yakuniga qadar u yana bir bor tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi», – deyiladi «PSJ» rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda.

Ta’kidlash joizki, sakkiz kundan so‘ng, ya’ni 28 aprel kuni Parij klubi Chempionlar Ligasi yarimfinalining dastlabki uchrashuvida Myunxenning «Bavariya» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Joriy mavsumda Vitinya barcha turnirlar doirasida 45 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol va 10 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting