«PSJ» va «Marsel» oʻrtasidagi Fransiya Superkubogi Quvaytda boʻlib oʻtadi
Uchrashuv 2026 yilning 8 yanvarida oʻtkaziladi.
FOTO: Getty Images
Fransiya professional futbol ligasi (LFP) mamlakat chempioni «Pari Sen-Jermen» va kubok sohibi «Marsel» o‘rtasidagi Fransiya Superkubogi bahsining o‘tkazilish sanasi hamda joyini e’lon qildi.
Unga koʻra, jamoalar 2026 yil 8 yanvar kuni maydonga tushadi. Uchrashuv Quvayt poytaxti El-Kuvaytdagi «Jaber-el-Axmad» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin boshlanish vaqti hamda hakamlar brigadasi keyinchalik ma’lum qilinadi.
Ma’lumot uchun, 2009 yildan beri Fransiya Superkubogi mamlakat hududidan tashqarida o‘tkazib kelinadi. Avvalgi musobaqalar Qatar, Isroil, Xitoy, Marokash, AQSH, Tunis va Kanadada tashkil etilgan edi. Endi ushbu ro‘yxatga Quvayt ham qo‘shiladi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist