locale OZ

«PSJ» va «Arsenal» Holandni kuzatmoqda

Avvalroq unga Ispaniyaning «Real» va «Barselona» klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
«PSJ» va «Arsenal» Holandni kuzatmoqda
Фото: Getty Images

Fransiyaning «PSJ» va Londonning «Arsenal» klublari «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holandni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Touchline akkaunti xabar berdi.

Avvalroq 26 yoshli norvegiyalik futbolchiga Ispaniyaning «Real» va «Barselona» klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ularning faolligi «Manchester Siti»ning Angliya Premyer-ligasi moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgani bilan bog‘lanmoqda. Klubga qator sanksiyalar, jumladan, chempionatdan chetlatish jazosi qo‘llanishi mumkin. Bu esa jamoaning yetakchi futbolchilarini ketishga undashi ehtimoli bor.

29-sentyabr kuni mustaqil komissiya «Manchester Siti»ni qo‘yilgan 115 ta ayblovning 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topdi. Jamoada apellyatsiya berish uchun 2-oktyabrgacha vaqt bor.

Joriy mavsumda «Manchester Siti» APLda o‘tkazgan beshta uchrashuvining barchasida g‘alaba qozonib, 15 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Holand esa beshta gol urgan va chempionat to‘purarlari poygasida yetakchilik qilmoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting