locale OZ

«PSJ» va 4 klub Salah uchun da'vogar

"Liverpul" bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» va 4 klub Salah uchun da'vogar
ФОТО: Getty images

"Liverpul" va Mohamed Salah o'rtasidagi nizolar deyarli hal bo'ldi, biroq futbolchining ehtimoliy ketishi haqidagi mish-mishlar hanuzgacha tinmayapti.

Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotiga ko'ra, "PSJ" misrlik hujumchiga hali ham qiziqish bildirmoqda, ammo hozircha faqat kuzatmoqda — yaqin orada biror aniq harakat kutilmayapti.

"Yuventus" va "Galatasaray" ham Salahga qiziqish bildirayotgan bo'lsa, shuningdek, saudiyalik "Al-Ittihod" va "Al-Hilol" ham "poyga"dan chetda emas.

Transfermarkt saytida Mohamed Salahning narxi 30 million yevroga baholangan. 33 yoshli hujumchining "Liverpul" bilan mehnat shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.

Joriy mavsumda u "qizillar" safida 20 uchrashuvda beshta gol urib, to'rt marta assistentlik qildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting