locale OZ

PSJ ultraslari Marselga safar taqiqiga qarshi chiqdi

Guruh taqiqni bekor qildirish uchun Fransiya Davlat kengashiga shoshilinch tartibda murojaat qilishga qaror qilgan.
PSJ ultraslari Marselga safar taqiqiga qarshi chiqdi
Foto: Getty Images

PSJning asosiy muxlislar guruhi — Collectif Ultras Paris “Marsel”ga qarshi safar uchrashuviga borishni taqiqlovchi qarorga qarshi huquqiy kurash boshlashini ma’lum qildi. Guruh taqiqni bekor qildirish uchun Fransiya Davlat kengashiga shoshilinch tartibda murojaat qilishga qaror qilgan. Bu haqda Collectif Ultras Paris rasmiy bayonotida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, ultraslar o‘z advokatiga Ichki ishlar vazirligining safar taqiqini sudda bahslashish va Marsel prefekturasining avvalgi qarorini bekor qildirish vazifasini topshirgan. CUP vakillari 2015-yildan buyon “Velodrom”ga borish imkonidan mahrum bo‘lib kelayotganini ta’kidlab, 11 yillik uzluksiz taqiqlarni normal holat deb hisoblamasligini bildirgan.

Fransiya Ichki ishlar vazirligi 20-sentabr kuni PSJ muxlislarining Il-de-Frans hududidan Marselga individual yoki jamoaviy tarzda safar qilishini taqiqladi. Rasmiy qarorda ikki klub muxlislari o‘rtasidagi uzoq yillik keskinlik, avvalgi to‘qnashuvlar va jamoat tartibiga xavf asosiy sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, PSJ muxlislari 2015-yildan buyon 11 yil davomida Marseldagi safar uchrashuvlariga bora olmayapti. Shu vaqt ichida hududda 6 nafar prefekt almashgan. Rasmiy hujjatga ko‘ra, hozirda 46 nafar PSJ va 26 nafar “Marsel” muxlisi ma’muriy, yana 13 nafar parijlik va 15 nafar marsellik muxlis sud qarori bilan stadionlarga kirishdan chetlatilgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting