locale OZ

«PSJ» Uilyam Pacho bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda

Ekvadorlik himoyachi 2024 yilning yozidan buyon parijliklar safida oʻynab kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» Uilyam Pacho bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda
FOTO: Getty Images

«PSJ» klubi 24 yoshli ekvadorlik markaziy himoyachi Uilyam Pacho bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda La Parisien nashri xabar berdi.

Manbaga koʻra, klub sport direktori Luish Kampush futbolchi bilan uzoq muddatli bitim imzolashni maqsad qilgan. Muzokaralar hozircha ijobiy ketmoqda va yangi shartnomani imzolashga hech qanday toʻsiq yoʻq.

Maʼlumot uchun, Pacho 2024 yilning avgust oyida «Ayntraxt»dan «PSJ» safiga koʻchib oʻtgandi. U qisqa vaqt ichida oʻzini dunyoning eng yaxshi himoyachilaridan biri sifatida koʻrsata oldi va oʻtgan mavsum parijliklar safida eng barqaror oʻyinchilardan biri boʻldi.

Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, futbolchining bozor qiymati 65 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting