locale OZ

«PSJ» Torresni sotib olmoqchi

Futbolchining bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"PSJ" Torresni sotib olmoqchi
ФОТО: Getty images

Fransiyaning PSJ klubi "Barselona" hujumchisi Ferran Torresni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Parijliklar ispaniyalik futbolchini Bredli Barkola jamoani tark etgan taqdirda uning o‘rnini bosuvchi sifatida ko‘rmoqda. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzio o‘z saytida xabar berdi.

Qayd etilishicha, fransuz grandi bosh murabbiyi Luis Enrike avval Ispaniya terma jamoasida Torres bilan birga ishlagan.

O‘tgan mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Uning klub bilan amal qilayotgan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting