locale OZ

«PSJ» tarbiyalanuvchisi faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin

Hozirda tomonlar oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» tarbiyalanuvchisi faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

«Nottingem Forest» hujumchisi Arno Kalimuendoga Bundesliganing «Shtutgart» klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sky Germany xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, nemis klubi vakillari futbolchining agentlari bilan ehtimoliy transfer bo‘yicha dastlabki muzokaralarni boshlagan. Kalimuendo o‘tgan yil yozida «Renn»dan 30 million yevro evaziga «o‘rmonchilar» safiga qo‘shilgandi.

Maʼlumot uchun, fransiyalik hujumchi «PSJ» akademiyasining tarbiyalanuvchisi bo‘lib, katta futbolda ham parijliklar safida o‘ynagan.

Shuningdek, uning faoliyatida «Lans» klubi ham bor. Joriy mavsumda Arno «Nottingem Forest» uchun 9 ta o‘yinda maydonga tushdi, biroq samarali harakatlar qayd eta olmadi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining hozirgi bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting