locale OZ

PSJ Sion Suzuki transferi uchun Lukas Shevalyedan voz kechishga tayyor

23 yoshli Suzuki 2026-yilgi jahon chempionatidagi ishonchli o‘yinlari orqali Yevropaning bir qator top-klublari e'tiborini tortdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ Sion Suzuki transferi uchun Lukas Shevalyedan voz kechishga tayyor
Foto: Getty Images

Fransiyaning PSJ klubi "Parma" darvozaboni Sion Suzuki transferini amalga oshirish maqsadida darvozabonlar tarkibida o‘zgarish qilishga tayyor.

La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, parijliklar Yaponiya terma jamoasi posbonini asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida ko‘rmoqda. Shu sababli klub Lukas Shevalyeni sotib yuborish yoki boshqa variantlarni ko‘rib chiqishga tayyor.

23 yoshli Suzuki 2026-yilgi jahon chempionatidagi ishonchli o‘yinlari orqali Yevropaning bir qator top-klublari e'tiborini tortdi. Ayni paytda u Italiyaning "Parma" klubi sharafini himoya qilmoqda va uning amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan.

Hozircha tomonlar o‘rtasida yakuniy kelishuvga erishilgani yo‘q, biroq PSJning yaponiyalik darvozabonga bo‘lgan qiziqishi jiddiy ekani aytilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting