«PSJ» Safonovga yaxshilangan shartlar asosida shartnomani uzaytirishni taklif qilmoqda — Gurskaya
Futbol agenti Timur Gurskaya rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning “Pari Sen-Jermen” bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi. Golkiper Parij klubida 2024-yilning yozidan buyon to‘p surmoqda.
“Bilishimcha, ular hozir unga yaxshilangan shartlar asosida shartnomani uzaytirishni taklif qilishmoqda. Ya’ni, ular unga ishonch bildirishmoqda. Aytishlaricha, butun jamoa uni yaxshi ko‘radi, bilasizmi? Ya’ni, munosabatlari yaxshi. U, ko‘ryapsizmi, yigit ekan, tilni o‘rganib olibdi”, — dedi Gurskaya Fonbet YouTube kanalidagi ko‘rsatuvda.
Matvey Safonovning “PSJ” bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda darvozabon hisobida barcha turnirlarda klub safida 22 ta o‘yin bor, ularning 11 tasida u o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.