locale OZ

PSJ safarda Fransiya chempionatining 5-turida Marselga yutqazdi - 0:1

Marsel 9 ochko bilan oltinchi o‘ringa ko‘tarildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ safarda Fransiya chempionatining 5-turida Marselga yutqazdi - 0:1
Photo: gettyimages

PSJ safarda Fransiya chempionatining 5-turida Marselga yutqazdi - 0:1. Uchrashuvning 5-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Nayef Agerd yagona gol muallifiga aylandi.

"PSJ" 2025/26 yilgi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va 12 ochko bilan Liga 1 turnir jadvalida 2-o‘ringa tushib ketdi. Parijliklar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha "Monako"dan ortda qolmoqda.

"Marsel" 9 ochko bilan oltinchi o‘ringa ko‘tarildi.

"Marsel" - "PSJ" uchrashuvi 21 sentyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tishi kerak edi, ammo Marseldagi noqulay ob-havo tufayli qoldirildi. Natijada o‘yin "Oltin to‘p"ni topshirish marosimida bo‘lib o‘tdi, unda 8 nafar parijlik futbolchi nomzodlar qatoridan joy oldi.

Marsel - PSJ - 1:0
22 sentyabr, 23:00, «Velodrom»
Gollar: Agerd, 5 (1:0)
Marsel: Ruli, Balerdi, Agerd, Pavar, O'Rayli, Xeyberg, Emerson, Vea (Murilo, 78), Grinvud (Vaz, 89), Payshan (Obameyang, 61), Guiri (Nadir, 79)
PSJ: Shevale, Markinos, Pacho (Li Kan In, 64), Zabarniy, Ruis, Vitinya, Zair-Emeri (Mayulu, 73), Nunu Mendesh, Xakimi, Kvaratsxeliya, Ramush (Mbay, 89)
Ogohlantirishlar: Pavar, 18. Vea, 50. Xeyberg, 90

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting