PSJ Rodrini \"Real\"dan o‘ch olish uchun transfer qilmoqchi
Fransiyaning PSJ klubi "Manchester Siti" yarimhimoyachisi Rodrini o‘z safiga qo‘shishni ko‘rib chiqmoqda. Xabarlarga ko‘ra, parijliklar ushbu transfer orqali "Real Madrid"ning rejalariga xalaqit berishni ham maqsad qilgan.
Gap shundaki, "Real Madrid" yaqinda PSJ uzoq vaqtdan beri kuzatib kelayotgan iqtidorli hujumchi Yan Diomandeni o‘z safiga qo‘shishga yaqin turibdi. Shu bois, Madrid klubining asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lgan Rodriga qiziqish PSJning javob harakati sifatida baholanmoqda.
Shu bilan birga, manbalarga ko‘ra, PSJ Rodri transferiga faqat "Real"ga to‘sqinlik qilish vositasi sifatida emas, balki uni bozordagi noyob imkoniyat deb hisoblagani uchun ham qiziqish bildirmoqda. Ispaniyalik yarimhimoyachining "Manchester Siti" bilan shartnomasi yakunlanishiga oz muddat qolgani sababli uning transferi parijliklar uchun jozibador variant sifatida ko‘rilmoqda.
Biroq hozircha Rodrining kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilinmagan. "Real Madrid" futbolchi uchun asosiy da’vogar bo‘lib qolayotgan bo‘lsa, PSJ va "Barselona" ham vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.