«PSJ» Palmer uchun 250 mln yevro sarflamoqchi
Photo: Getty Images
Londonning “Chelsi” klubi hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmerga “PSJ” qiziqish bildirmoqda.
Fransuz klubi rahbariyati Palmerning o‘yinidan hayratda qolgan va u uchun “Chelsi”ga 250 million yevro taklif qilishga tayyor.
Biroq londonliklar Palmerni qo‘yib yubormoqchi emas. “Aristokratlar” yarim himoyachini uzoq muddatli loyiha asosiy poydevori deb bilishadi.
Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” ikki yil avval Palmerni “Manchester Siti”dan 47 million yevro evaziga sotib olgandi.
Bu vaqt ichida Palmer “aristokratlar” safida 97 ta o‘yinda maydonga tushib, 43 ta gol urdi va 29 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Bahrom Bobonov
Redaktor