locale OZ

PSJ “Oltin to‘p” tarixida rekord o‘rnatdi

Parij klubining birdaniga 10 nafar futbolchisi 30 kishilik nomzodlar ro‘yxatidan joy oldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ “Oltin to‘p” tarixida rekord o‘rnatdi
Foto: Getty Images

“Pari Sen-Jermen” 2026-yilgi “Oltin to‘p” nominatsiyasida tarixiy natija qayd etdi. Parij klubining birdaniga 10 nafar futbolchisi 30 kishilik nomzodlar ro‘yxatidan joy oldi. Bungacha “Oltin to‘p” tarixida bir klubdan buncha ko‘p futbolchi bir vaqtning o‘zida nomzod bo‘lmagan.

PSJ vakillari — Usmon Dembele, Ashraf Hakimi, Xvicha Kvaratsxeliya, Markinyos, Nunu Mendesh, Joau Nevesh, Villian Pacho, Fabian Ruis, Ferran Torres va Vitinya. Shu tariqa Parij klubi o‘zining o‘tgan yilgi rekordini ham yangiladi — 2025-yilda PSJdan to‘qqiz futbolchi “Oltin to‘p”ga nomzod bo‘lgan edi.

Klubning keng ko‘lamda namoyon bo‘lishiga so‘nggi mavsumdagi muvaffaqiyatlar katta ta’sir ko‘rsatdi. PSJ ketma-ket ikkinchi bor Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi. Amaldagi “Oltin to‘p” sohibi Usmon Dembele ham bu yilgi 30 nafar nomzod qatoridan joy oldi.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi “Oltin to‘p” taqdirlash marosimi 26-oktabr kuni Londondagi “Palladium” teatrida bo‘lib o‘tadi. Bu sovrin tarixidagi 70-yubiley marosimi va ilk bor Londonda tashkil etiladigan taqdirlash tadbiri bo‘ladi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting