locale OZ

PSJ muxlislarining xatti-harakatlari jamoa uchun qimmatga tushdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ muxlislarining xatti-harakatlari jamoa uchun qimmatga tushdi
FOTO: Getty Images

UEFA PSJ'ni klub muxlislarining Chempionlar Ligasi finalidagi va undan keyingi tajovuzkor xatti-harakatlari uchun jarimaga tortadi. Bu haqda BILD nashriga tayanib, RMC Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, parijliklar jarimadan tashqari tinchlikni buzish, maydonga zarar yetkazish va pirorexnika vositalarini qayta ishlatish uchun tovon puli ham to'laydi.

Qayd etilishicha, muxlislar ikkinchi bo'limda uchta gol kiritilgan darvozaning to'rlarini kesib tashlashgan, shuningdek, esdalik sifatida maysa bo'laklarini yulib olishdan.

Eslatib o'tamiz, final hushtagi yangraganidan so'ng ko'plab PSJ muxlislari ruxsatsiz stadionga kirib kelishgan edi. Keyinchalik politsiya aralashib, olamonni tarqarib yuborgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting