locale OZ

PSJ muxlislariga mashina urib ketdi: bir nechta jabrlanuvchilar bor

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ muxlislariga mashina urib ketdi: bir nechta jabrlanuvchilar bor
Rasm: gettyimages.com FK PSJ

Parijda "PSJ" jamoasining Chempionlar Ligasi finaliga chiqishini nishonlayotgan muxlislar ustidan avtomobil urib ketdi, deb xabar bermoqda Le Parisien nashri.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, kamida uch nafar muxlis tibbiy yordamga muhtoj bo‘ldi: ulardan biri juda og‘ir ahvolda, yana ikkitasi engil tan jarohatlari olgan. Bir jabrlanuvchi nosilkada shifoxonaga olib ketildi.

Hodisadan so‘ng o‘nlab muxlislar ushbu avtomobil ortidan yugurdi. Bir necha daqiqalar o‘tib, mashina voqea joyidan unchalik uzoq bo‘lmagan yerda yonib ketgan holatda topildi. Hozircha haydovchi va yo‘lovchilar qo‘lga olingan-olinmagani, shuningdek, bu harakatga nima sabab bo‘lgani noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi yarim finalida "PSJ" umumiy 3:1 hisobi bilan "Arsenal"ni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting