locale OZ

PSJ “Monako” yetakchilaridan biri uchun asosiy da’vogarga aylandi

“Monako” yaqin vaqt ichida futbolchi bo‘yicha rasmiy takliflar olishi mumkinligi aytilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ “Monako” yetakchilaridan biri uchun asosiy da’vogarga aylandi
Foto: Getty Images

Fransiyaning PSJ klubi “Monako” hujumchisi Magnes Akliushni sotib olish uchun asosiy da’vogarga aylandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, parijliklar futbolchi uchun kurashda yetakchilik qilmoqda. Shu bilan birga, Akliushga Angliya Premyer-ligasining ikki klubi ham qiziqish bildirmoqda.

“Monako” yaqin vaqt ichida futbolchi bo‘yicha rasmiy takliflar olishi mumkinligi aytilmoqda.

O‘tgan mavsumda Magnes Akliush “Monako” safida 43 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 50 million yevroni tashkil qiladi. Akliush “Monako” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2017-yildan buyon klub tizimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting