locale OZ

«PSJ» Mbappedagi qarzini qisman toʻladi, biroq nizo hali ham davom etmoqda

Ushbu mojaro 2024 yilda fransiyalik yulduzning «Real»ga oʻtishi ortidan yuzaga kelgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» Mbappedagi qarzini qisman toʻladi, biroq nizo hali ham davom etmoqda
FOTO: Getty Images

Fransiyaning «PSJ» klubi sud qaroriga muvofiq, «Real» hujumchisi Kilian Mbappega qolgan 6 million yevro qarzdorlikning 4 million yevrosini o‘tkazib berdi. Biroq tomonlar o‘rtasidagi moliyaviy nizo hali to‘liq barham topgani yo‘q. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.

Manbaning yozishicha, Parij klubi sud ijrochilarining tashrifidan so‘ng sobiq hujumchisiga to‘lovning bir qismini amalga oshirgan. Avvalroq mehnat sudi «PSJ» zimmasiga futbolchiga ish haqi, bonuslar va foizlar bilan birga jami 60,9 million yevro kompensatsiya to‘lash majburiyatini yuklagan edi.

Asosiy summa avvalroq to‘lab berilgan bo‘lsa-da, qolgan 2 million yevrolik farq hamon bahslarga sabab bo‘lmoqda. Klub rahbariyati futbolchi bilan to‘liq hisob-kitob qilinganini da’vo qilmoqda, Mbappe tomoni esa buni rad etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mojaro 2024 yilning yozida Mbappening erkin agent sifatida «Real»ga o‘tishi ortidan yuzaga kelgan edi. Muzokaralar davom etmoqda va sud organlarining yana bir bor aralashishi ehtimoli yo‘q emas.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting