locale OZ

«PSJ» Mayulu bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha muzokaralarni boshladi

Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2027 yilning yozida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» Mayulu bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha muzokaralarni boshladi
FOTO: Getty Images

Fransiyaning «PSJ» klubi 19 yoshli yarimhimoyachi Senni Mayulu bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni boshladi. Bu haqda L'Équipe nashri xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, parijliklar yosh futbolchining kelajagini klub bilan bogʻlashni juda muhim deb hisoblamoqda.

Mayuluning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Biroq rahbariyat uni imkoni boricha ertaroq uzaytirishni rejalashtirgan. Hozirda muzokaralar faol tarzda olib borilmoqda.

Maʼlumot uchun, Senni Mayulu joriy mavsum barcha turnirlarda 9 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting