PSJ Mayulu bilan shartnomani uzaytiradi
Transfermarkt portalining mutaxassislari futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.
ФОТО: Getty images
PSJning 20 yoshli yarim himoyachisi Senni Mayulu Fransiya chempioni bilan mehnat shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, Mayuluning parijliklar bilan yangi shartnomasi 2031 yilning iyun oyigacha mo'ljallangan bo'ladi. Kelishuv yaqin vaqt ichida yakunlanishi kutilmoqda.
Ta'kidlanishicha, yarim himoyachini Angliya Premer-ligasining ikkita top-klubi o'z safiga qo'shib olishni istagan, biroq Mayuluning o'zi PSJda qolishga qaror qilgan.
O'tgan mavsumda Mayulu barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, olti marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va beshta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Transfermarkt portalining mutaxassislari futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist