locale OZ

PSJ Markinyosga o'rinbosar topdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ Markinyosga o'rinbosar topdi
FOTO: Getty Images

Ukraina terma jamoasi va “Bornmut” klubi markaziy himoyachisi Ilya Zabarniy faoliyatini Liga 1'da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, PSJ 22 yoshli ukrainalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda va yozgi transferlar vaqtida uni Markinyos o'rniga olib kelmoqchi.

Shuningdek, parijliklar Zabarniydan tashqari “Bryugge”ning 21 yoshli ekvadorlik markaziy himoyachisi Joel Ordonezni ham kuzatib bormoqda.

Ma'lumot uchun, Zabarniyning “Bornmut” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting