PSJ “Manchester Siti” yulduzi Rayan Sherkiga qiziqish bildirmoqda
“Pari Sen-Jermen” “Manchester Siti”ning hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherkini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Parij klubi 23 yoshli fransiyalik futbolchini transfer uchun asosiy nomzodlardan biri sifatida kuzatmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, PSJ Sherkining o‘yin uslubi va yoshini klubning transfer siyosatiga mos deb hisoblamoqda. Agar “Manchester Siti”ning moliyaviy qoidabuzarliklar bo‘yicha ishi oqibatida futbolchi bozorda mavjud bo‘lib qolsa, parijliklar yanvar oyidayoq yoki kelasi yozda transfer uchun harakat boshlashi mumkin.
Sherkiga PSJdan tashqari “Liverpul”, “Chelsi” va “Real Madrid” ham qiziqish bildirmoqda. Hozircha futbolchining transferi bo‘yicha hech bir klub bilan rasmiy muzokaralar olib borilmayapti. “Manchester Siti” esa futbolchi bilan uzoq muddatli shartnomaga ega.
Ma’lumot uchun, Rayan Sherki joriy mavsum “Manchester Siti” safida barcha turnirlarda 8 ta uchrashuvda 4 ta gol urib, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan.