«PSJ» «Manchester Siti» yarimhimoyachisini transfer qilishga qiziqmoqda
Sherki 2025-yil yozidan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilmoqda.
Фото: Getty Images
Fransiyaning «PSJ» klubi «Manchester Siti» yarimhimoyachisi Rayyan Sherkini transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda foot01.com xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Manchester Siti» jiddiy sanksiyalar xavfi ostida turgani sababli bir qator klublar vaziyatni kuzatmoqda. Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Sherki esa «PSJ» rahbariyatining alohida e’tiborini tortgan.
Parij klubi futbolchini anchadan beri kuzatib keladi. «PSJ» avval ham Sherkini «Lion» safida o‘ynagan vaqtida transfer qilishga urinib ko‘rgan. Biroq o‘sha paytda tomonlar kelishuvga erisha olmagan.
Eslatib o‘tamiz, Sherki 2025-yil yozidan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilmoqda.