locale OZ

PSJ Lukas Dinyeni transfer qilmoqda

Parij klubi futbolchining shartnomasidagi 10 million yevrodan kam bo‘lgan tovon puli bandini faollashtirishga qaror qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ Lukas Dinyeni transfer qilmoqda
Foto: Getty Images

Fransiyaning PSJ klubi "Aston Villa" himoyachisi Lukas Dinye transferini yakunlash arafasida turibdi.

Xabarlarga ko‘ra, Parij klubi futbolchining shartnomasidagi 10 million yevrodan kam bo‘lgan tovon puli bandini faollashtirishga qaror qilgan. Tomonlar shaxsiy shartlar bo‘yicha ham kelishuvga erishgan va transfer Jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.

32 yoshli fransiyalik chap qanot himoyachisi uchun bu PSJga qaytish bo‘ladi. U 2013–2016-yillar davomida Parij klubi sharafini himoya qilgan, shundan so‘ng "Roma", "Barselona", "Everton" va "Aston Villa" safida to‘p surgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Dinye PSJda asosiy chap qanot himoyachisi Nunu Mendeshning o‘rinbosari sifatidagi rolga rozi bo‘lgan. "Aston Villa" safida u 182 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 24 ta assist qayd etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting