PSJ Luis Enrike bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi
PSJ klubi jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike bilan shartnomani uzaytirish masalasida muzokaralarni boshladi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klubdagilar ispaniyalik mutaxassis bilan kelishuvga erishishga ishonmoqda. Shu bilan birga, ispaniyalik mutaxassisga boshqa jamoalar tomonidan ham qiziqish yuqoriligi qayd etilmoqda. Shu bois, Parij klubi Luis Enrike bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Luis Enrike PSJni 2023 yil yozidan buyon boshqarib kelmoqda. Uning qo‘l ostida parijliklar ikki bor Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi, shuningdek, ikki marta Fransiya Kubogi va Superkubogida g‘alaba qozondi. Bundan tashqari, jamoa 2024/2025 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi hamda Qit'alararo kubok sohibiga aylandi.