locale OZ

«PSJ» Luis Enrike bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirmoqchi

Ispaniyalik mutaxassis 2023 yildan buyon parijliklarni boshqarib kelmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» Luis Enrike bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirmoqchi
FOTO: Getty Images

«PSJ» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Klub ushbu jarayon muvaffaqiyatli yakunlanishiga ishonmoqda, biroq ispaniyalik mutaxassisga boshqa jamoalar tomonidan ham qiziqish juda yuqori. Bu haqda L’Équipe nashri xabar bermoqda.

Parijliklar ispaniyalik mutaxassis bilan 2030 yilga qadar mo‘ljallangan yangi bitim imzolash niyatida. Klub rahbariyatining qayd etishicha, dastlabki muzokaralar juda xotirjam muhitda o‘tmoqda va barcha tafsilotlar belgilangan muddatda hal etiladi. «PSJ» rahbariyati murabbiy joriy mavsum yakunlanishiga qadar yangi shartnomaga imzo chekishiga umid qilmoqda.

Luis Enrike Parij klubini 2023 yilning yozida qabul qilib olgan edi. Uning boshqaruvi ostida «PSJ» quyidagi yutuqlarga erishdi:

  • Ikki karra Fransiya chempioni;
  • Ikki karra Fransiya Kubogi va Superkubogi sohibi;
  • 2024/2025 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi g‘olibi;
  • Qit’alararo kubok sohibi.

Fransiya chempionatining 20 ta turidan so‘ng «PSJ» 48 ochko to‘plagan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting