«PSJ» «Liverpul»ga qarshi oʻyinda jarohat olgan futbolchilarning jismoniy holati haqida maʼlumot berdi
«PSJ» klubi Chempionlar Ligasining chorak finali doirasidagi «Liverpul»ga qarshi javob uchrashuvidan (2:0) so‘ng himoyachi Nunu Mendesh va qanot hujumchisi Dezire Duening jismoniy holati haqida ma’lumot berdi.
«Liverpul» bilan o‘yinda o‘ng tizzasidan jarohat olgan Dezire Due yaqin ikki kun davomida muolaja oladi, shundan so‘ng jamoa bilan mashg‘ulotlarga qaytadi.
Nunu Mendesh esa o‘ng son qismida biroz noqulaylik sezmoqda. U ham muolaja oladi va yaqin ikki kun ichida trenajyor zalida yakka tartibda mashq qiladi», – deyiladi «PSJ» rasmiy sayti xabarida.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki uchrashuvda ham «PSJ» «Liverpul»ni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi. Shu tariqa, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (4:0) Fransiya grandi mersisaydliklarni musobaqadan chiqarib yubordi va yarimfinalga yo‘llanma oldi. Final yo‘lida parijliklar «Real Madrid» — «Bavariya» juftligi g‘olibi bilan kuch sinashadi.