«PSJ» Liga 1'da ketma-ket yettinchi marta gʻalaba qozondi
Hozirda parijliklar chempionat turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
FOTO: Getty Images
Fransiya chempionatining 21-turi doirasida «Marsel» ustidan g‘alaba qozongan «PSJ» joriy mavsumdagi ketma-ket yettinchi g‘alabasini rasmiylashtirdi.
Parijdagi «Park de Prens» stadionida kechgan bahsni Villi Delajo boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib bordi. Uchrashuv mezbonlarning 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.
Fransiya chempionatining 21 ta turidan so‘ng «PSJ» 51 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Ikkinchi o‘rinda «Lans» (49 ochko) borayotgan bo‘lsa, uchinchi pog‘onani «Lion» (42 ochko) band etgan. Mag‘lubiyatga uchragan «Marsel» esa 39 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qoldi.
Liga 1 turnir jadvali (top-4):
- «PSJ» — 51 ochko
- «Lans» — 49 ochko
- «Lion» — 42 ochko
- «Marsel» — 39 ochko
Nasrullo Karimov
Jurnalist