«PSJ» «Leypsig» hujumchisi Yan Diomandni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi — Romano
Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi «RB Leypsig» jamoasining iqtidorli hujumchisi Yan Diomandga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda taniqli insayder va jurnalist Fabrisio Romano ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi uchun kurashda Yevropaning bir qator boshqa grand klublari ham ishtirok etmoqda. O‘z navbatida, «RB Leypsig» rahbariyati hujumchini kamida yana bir mavsum jamoada olib qolish maqsadida u bilan amaldagi shartnomani uzaytirishga harakat qilmoqda. Yakuniy qaror esa futbolchining o‘ziga bog‘liq bo‘lib turibdi.
Yan Diomand joriy mavsumda barcha musobaqalarda jami 30 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 8 ta samarali uzatmaga mualliflik qildi. Uning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portalining tahliliy ma’lumotlariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchining ayni damdagi bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etmoqda.