locale OZ

«PSJ» ketma-ket uchinchi mavsum Chempionlar Ligasi yarimfinaliga yoʻl oldi

Parijliklar turnirning amaldagi chempioni hisoblanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» ketma-ket uchinchi mavsum Chempionlar Ligasi yarimfinaliga yoʻl oldi
FOTO: Getty Images

«Pari Sen-Jermen» «Liverpul»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi (umumiy hisob — 4:0) va ketma-ket uchinchi bor UEFA Chempionlar Ligasining yarimfinaliga yo‘llanma oldi.

2023/2024 yilgi mavsumda parijliklar chorak finalda «Barselona» to‘sig‘idan o‘tishgan edi (2:3, 4:1). O‘tgan mavsumda esa Fransiya jamoasi «Aston Villa» ustidan qozonilgan g‘alaba (3:1, 2:3) evaziga yarimfinalga chiqqan edi. Amaldagi musobaqaning ushbu bosqichida parijliklar «Real Madrid» — «Bavariya» juftligi g‘olibi bilan to‘qnash kelishadi.

Ma’lumot uchun, 1/8 final bosqichida «PSJ» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Chelsi»ni 8:2 hisobida taslim etgan edi. «Qizillar» esa xuddi shu bosqichda «Galatasaroy»ni mag‘lub etishgan (umumiy hisob — 4:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting