locale OZ

«PSJ» ketma-ket ikkinchi mavsum «Liverpul»ni YChLdan chiqarib yubordi

Oʻtgan mavsumda jamoalar 1/8 finalda toʻqnash kelishgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» ketma-ket ikkinchi mavsum «Liverpul»ni YChLdan chiqarib yubordi
FOTO: Getty Images

«Pari Sen-Jermen» ketma-ket ikkinchi mavsumda «Liverpul»ni Chempionlar Ligasi pley-off bosqichidan chiqarib yubordi. 2025/2026 yilgi mavsum chorak finalida parijliklar ikki o‘yin natijasiga ko‘ra Angliya jamoasini umumiy 4:0 hisobida mag‘lub etishdi.

O‘tgan yilgi musobaqada «PSJ» va «Liverpul» 1/8 final bosqichida to‘qnash kelishgan edi. O‘shanda birinchi o‘yinda inglizlar (1:0), ikkinchi bahsda esa xuddi shu hisobda parijliklar g‘alaba qozongan. Penaltilar seriyasida «PSJ» futbolchilari aniqroq harakat qilib, keyingi bosqichga yo‘l olishgan edi.

Ma’lumot uchun, ushbu mavsumning 1/8 finalida «PSJ» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Chelsi»ni 8:2 hisobida taslim etgan. «Qizillar» esa xuddi shu bosqichda «Galatasaroy»dan ustun kelishgan edi (umumiy hisob — 4:1).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting