locale OZ

«PSJ» Joau Nevesh bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha kelishuvga erishdi

Tomonlar oʻrtasida 2030 yilga qadar moʻljallangan yangi kelishuv imzolanadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» Joau Nevesh bilan shartnomani uzaytirish boʻyicha kelishuvga erishdi
FOTO: Getty Images

«PSJ» 21 yoshli portugaliyalik yarimhimoyachisi Joau Nevesh bilan amaldagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli insayder va jurnalist Fabrisio Romano ma’lum qildi.

Yangi mehnat shartnomasiga ko‘ra, futbolchining maoshi sezilarli darajada oshiriladi va kelishuv 2030 yilning iyuniga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Joau Nevesh 2024 yilning yozida Portugaliyaning «Benfika» klubidan Parij jamoasiga ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsumda iqtidorli yarimhimoyachi «PSJ» safida barcha turnirlarda 22 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni damda portugaliyalik futbolchining transfer qiymati 110 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting