locale OZ

PSJ Gonsalu Ramushni 40 million yevroga sotishga tayyor

Ayni paytda “Milan” Ramushga asosiy da'vogar.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ Gonsalu Ramushni 40 million yevroga sotishga tayyor
ФОТО: Getty images

Fransiyaning “PSJ” klubi portugaliyalik hujumchi Gonsalu Ramush bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Xabarlarga ko‘ra, parijliklar futbolchini taxminan 40 million yevro evaziga qo‘yib yuborishi mumkin.

25 yoshli forvard o‘tgan mavsumda jamoa bilan muhim sovrinlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, asosiy tarkibda doimiy o‘rinni kafolatlay olmadi. Shu bois uning kelajagi atrofidagi muhokamalar yana avj olmoqda.

Ayni paytda “Milan” Ramushga asosiy da'vogarlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Italiya klubi yangi mavsum oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirayotgan bo‘lib, portugaliyalik to‘purarni transfer ro‘yxatining yuqori qismiga qo‘ygan. Biroq milanliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri 40 million yevro to‘lash o‘rniga ijaraga olib, keyinchalik sotib olish variantini afzal ko‘rishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Ramush 2023 yilda “Benfika”dan “PSJ” safiga kelib qo‘shilgan va uning amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting