locale OZ

«PSJ» golli uzatmadan oldingi pas muallifiga qoʻshimcha bonus tizimini joriy qildi

Qayd etilishicha, ushbu tizim Enrikening taktik uslublarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» golli uzatmadan oldingi pas muallifiga qoʻshimcha bonus tizimini joriy qildi
FOTO: Getty Images

L’Équipe nashrining xabar berishiga ko‘ra, «Pari Sen-Jermen» klubi futbolchilar uchun yangi bonuslar tizimini joriy qildi. Endilikda golli uzatmadan oldingi pasni amalga oshirgan o‘yinchilar maoshiga qo‘shimcha moliyaviy bonus qo‘shib beriladi.

Manbaning ta’kidlashicha, ushbu tizim bosh murabbiy Luis Enrikening taktik uslublarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi — bunday uzatmalarni tahlil qilish jamoaning hujumkor kombinatsiyalari mantiqini ochib beradi.

Shuningdek, bitta vaziyatning o‘zida ham gol urib, ham golli uzatmadan oldingi pas muallifiga aylangan holatlar alohida qiziqish uyg‘otmoqda. Bunga misol sifatida 8 aprel kuni UEFA Chempionlar Ligasi chorak finali doirasida bo‘lib o‘tgan «Liverpul»ga qarshi uchrashuv (2:0) keltirildi. Mazkur bahsda hujumchi Xvicha Kvarasxeliya yarimhimoyachi Joau Nevesh ishtirokidagi uzoq davom etgan kombinatsiyadan so‘ng gol urdi va amalda o‘zi ushbu hujumni boshlab berib, golli assistdan oldingi pas muallifiga ham aylandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting