locale OZ

«PSJ» futbolchisi Markinyos CHL tarixida braziliyaliklar o‘rtasida o‘yinlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

U 121 o‘yinda maydonga tushdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» futbolchisi Markinyos CHL tarixida braziliyaliklar o‘rtasida o‘yinlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi
ФОТО: Getty images

"Pari Sen-Jermen" himoyachisi va sardori Markinyos UEFA Chempionlar Ligasi doirasida o'zining 121-o'yinini o'tkazdi. Bu voqea 2025/2026 yilgi mavsumning asosiy yevrokubogi javob yarim finalida sodir bo'ldi. Uchrashuv Myunxenda bo‘lib o‘tdi va 1:1 hisobida yakunlandi.

Transfermarkt xabariga ko'ra, Markinyos Chempionlar Ligasida braziliyalik futbolchilar o'rtasidagi o'yinlar soni bo'yicha "Real"ning sobiq futbolchisi Roberto Karlosga (120) tegishli bo'lgan rekordni yangiladi.

Markinyos 31 yoshda. Asosiy yevrokubokdagi jami 121 o‘yinda braziliyalik futbolchi 11 ta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Himoyachi barcha o‘yinlarni qizil-ko‘klar safida o‘tkazdi.

Chempionlik uchun kechadigan bahsda Parij jamoasi Londonning "Arsenal" klubiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 30-may kuni Vengriyada bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting