PSJ futbolchisi Janubiy Amerika top-modeliga uylandi
PSJ va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Lyuka Ernandes argentinalik model Viktoriya Triayga uylandi. Juftlik 2023-yil 12-noyabr kuni Parijdagi tungi klublardan birida tanishgan va shundan buyon munosabatlarini davom ettirib kelgan.
To‘y marosimi Parijdan janubi-g‘arbda joylashgan XII asrga oid tarixiy Vo-de-Sern abbatligida o‘tkazildi. Marosim uchun butun hudud ijaraga olingan va bayram uch kun davom etgan.
Viktoriya Triay Lotin Amerikasi Vogue nashriga bergan intervyusida to‘yni yaqin qarindoshlar va do‘stlar davrasida o‘tkazishni orzu qilganini aytdi. Marosim davomida mehmonlar uchun turli ko‘ngilochar dasturlar ham tashkil etilgan.
Ma’lumot uchun, Lyuka Ernandes avval model Ameliya de la Ossa Lorente bilan munosabatda bo‘lgan va ularning bir o‘g‘il hamda bir qizi bor. Ernandes va Viktoriya Triayning ham bir nafar qizi bor.