locale OZ

PSJ futbolchilari qiymati so‘nggi bir yil ichida 352 million yevroga oshdi — CIES

"Real" ikkinchi o‘rinda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PSJ futbolchilari qiymati so‘nggi bir yil ichida 352 million yevroga oshdi — CIES
ФОТО: Getty images

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) maʼlumotlariga ko‘ra, PSJ yana transfer bozorining yetakchi kuchiga aylandi. Parij klubi futbolchilarining umumiy qiymati so‘nggi bir yil ichida 352 million yevroga o‘sgan.

Bu ko‘rsatkich PSJni "Chelsi"dan (+364 mln yevro) keyin ikkinchi o‘ringa qo‘ymoqda. Bu esa jamoa tarkibining qudrati va futbolchilarining xalqaro bozordagi iqtisodiy jozibadorligini tasdiqlaydi.

Klubga tegishli futbolchilarning umumiy bozor qiymati bo‘yicha PSJ dunyoda beshinchi o‘rinda turibdi — 1,44 milliard yevro. Parijliklardan oldin quyidagi klublar joylashgan:

1. Chelsi — 1,81 mlrd yevro
2. Real — 1,68 mlrd yevro
3. Manchester Siti — 1,49 mlrd yevro
4. Arsenal — 1,47 mlrd yevro
5. PSJ — 1,44 mlrd yevro

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting