locale OZ

«PSJ» futbolchilari «Arsenal»ni magʻlub etsa, 1 mln yevrodan mukofot puli oladi

Uchrashuv 30 may kuni boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» futbolchilari «Arsenal»ni magʻlub etsa, 1 mln yevrodan mukofot puli oladi
FOTO: Getty Images

Fransiyaning PSJ klubi futbolchilari bugun, 30 may kuni Chempionlar Ligasi finalida «Arsenal» ustidan gʻalaba qozonadigan boʻlishsa, jamoaning har bir aʼzosi taxminan 1 million yevro miqdorida mukofot puli oladi. Bu haqda nufuzli L’Équipe nashri xabar tarqatdi.

Manbaning bildirishicha, parijliklar oʻtgan mavsumdagi YChL finalida «Inter»ni 5:0 hisobida tor-mor etib, chempionlikni qoʻlga kiritganlarida ham aynan mana shunchadan mukofot puli ishlab olishgan edi.

Taʼkidlanishicha, ushbu bonuslar miqdori mavsum avvalidayoq muhokama qilingan. Fransiya grandi rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralarda jamoaning toʻrt nafar sardori — Markinyos, Usmon Dembele, Ashraf Hakimi va Vitinya ishtirok etgan.

Eslatib oʻtamiz, ushbu uchrashuv Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida boʻlib oʻtadi. Bahsni hakam Daniel Zibert boshqarib boradi. Oʻyin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting