«PSJ» Fernandesning transferi uchun 150 mln yevro sarflashi mumkin
Photo: Getty Images
"PSJ" klubi "Chelsi" yarimhimoyachisi Enso Fernandesga qiziqmoqda. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, parijliklar 24 yoshli argentinalik futbolchi transferi uchun 125 million yevro va bonuslar taklif qilishga tayyor. Bunda umumiy summa 150 million yevroga yetishi mumkin.
Xabar qilinishicha, Parij jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Ensoni markazni kuchaytirish uchun eng yaxshi variant deb hisoblaydi. O‘tgan mavsumda Fernandes barcha musobaqalarda 53 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 17 ta assist amalga oshirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist