PSJ Enrikega umrboqiy shartnoma taklif qilmoqchi
Klub uni uzoq muddatga olib qolishga tayyor.
ФОТО: Getty images
PSJ klubi Luis Enrikega uzoq muddatli shartnoma, hatto umrboqiy shartnoma deb ta’riflangan variantni taklif qilish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatlardan so‘ng Parij klubi Luis Enrikega ishonmoqda. Klub rahbarlari ispaniyalik mutaxassis bilan hamkorlikni iloji boricha uzoqroq davom ettirishga qat’iy qaror qilishgan va Enrikeni bu loyihadagi asosiy shaxs deb bilishmoqda.
Ma’lumot uchun, ispaniyalik murabbiyning amaldagi shartnomasi esa 2027 yil iyun oyida yakunlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist