«PSJ» Enrike bilan shartnoma uzaytirishga yaqin
U Parij klubi bilan esa 10 ta sovrinni qo‘lga kiritdi.
ФОТО: Getty images
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishish arafasida. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan yangi bitim yuzasidan kelishib olgan. Ispaniyalik mutaxassis 2023 yildan buyon Parij klubini boshqarib kelmoqda.
Yangi kelishuv imzolansa, murabbiy Yevropadagi eng ko‘p maosh oladigan mutaxassislardan biriga aylanishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Luis Enrike Chempionlar ligasida bosh murabbiy sifatida 75 ta bahsda 48 ta g‘alabaga erishgan. Parij klubi bilan esa 10 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist