\"PSJ\" Donnarumma maoshini oshirishga tayyor emas
“PSJ” klubi darvozabon Janluiji Donnarumma bilan mavsum oxirida shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettiradi. Bu haqda insayder Janluka Di Marzio xabar berdi.
Qayd etilishicha, Parij klubi 26 yoshli posbonning maoshini oshirmoqchi emas. Garchi italiyalik futbolchi YECHLdagi muvaffaqiyatga katta hissa qo‘shgan bo‘lsa-da, rahbariyat moliyaviy tomondan katta maosh berishga tayyor emas.
Biroq klub Donnarummaning jamoada qolishini istaydi va u bilan kelishishga umid qilmoqda. Janluijining “PSJ” bilan bitimi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.
Qayd etilishicha, unga “Manchester Siti” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bosh murabbiy Xosep Gvardiola uni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamoqda.
Donnarummaning “PSJ”dagi maoshi yiliga 12,7 mln yevroni tashkil etadi.