«PSJ» Dembelening jarohati borasida bayonot berdi
Parijliklar 30 may kuni YChL finali doirasida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.
FOTO: Getty Images
«Pari Sen-Jermen» klubi hujumchi Usman Dembelening sogʻligʻi borasida tibbiy bayonot eʼlon qildi. Futbolchi kecha, 17 may kuni «Parij»ga (1:2) qarshi kechgan oʻyinda jarohat olib, 27-daqiqadayoq maydonni tark etgan edi.
«Usman Dembele oʻng oyoq mushaklaridagi noqulaylik sababli ehtiyot chorasi sifatida zaxiraga olindi. Yaqin kunlarda futbolchi davolanish kurslarini oʻtadi», — deyiladi klub bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, 30 may kuni «PSJ» YChL finalida «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi. Dembele joriy mavsumda 39 ta oʻyinda 19 ta gol va 11 ta assist qayd etgan.