«PSJ» Dembele, Due va Hakimining sogʻligʻi haqida maʼlumot berdi
Parijliklar hozirda Liga 1 turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
FOTO: Getty Images
«PSJ» klubi Usmon Dembele, Dezire Due va Ashraf Hakimining sog‘lig‘i bo‘yicha yangilangan ma’lumotni e’lon qildi.
«Usmon Dembele tiklanish jarayonining yakuniy bosqichida. Ashraf Hakimi va Dezire Due esa individual reabilitatsiya dasturi asosida shug‘ullanishda davom etmoqda», — deyiladi klub bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, Dembele noyabr oyi boshida olgan boldir suyagi jarohatidan tiklanmoqda. Due esa oktabr oxirida orttirgan tizza orqa payi jarohatidan so‘ng reabilitatsiya qilinmoqda.
Hakimi esa 4 noyabr kuni Chempionlar Ligasi doirasida «Liverpul»ga qarshi o‘yinda Luis Dias bilan to‘qnashuvi natijasida tovonini shikastlab olgandi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist