locale OZ

«PSJ» Dembele bilan shartnomani uzaytirmaydi — Al Helayfi

«Oltin to‘p» sohibi parijliklarning dastlabki taklifini rad etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«PSJ» Dembele bilan shartnomani uzaytirmaydi — Al Helayfi
FOTO: Getty Images

«PSJ» prezidenti Nasir Al Helayfi «Oltin to‘p» sohibi Usmon Dembele bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar jarayoni yuzasidan jurnalistlar savoliga javob berdi hamda futbolchi va uning talablariga munosabatini bildirdi.

Avvalroq OAVda Dembele tomoni parijliklarning dastlabki taklifini rad etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, «PSJ» futbolchiga yiliga 30 million yevrodan sal ko‘proq maosh taklif qilgan, biroq Dembele bu summani yetarli deb hisoblamay, ikki barobar ko‘p maosh talab qilgan.

«Klubimizda futbolchilar uchun maosh bo‘yicha aniq limit siyosati mavjud. Buni hamma biladi va barcha unga rioya qilishi kerak.

Usmon — klub afsonasi. Men Usmonni futbolchi sifatida ham, inson sifatida ham juda yaxshi ko‘raman. U ajoyib inson», — deya Al Helayfining so‘zlarini keltiradi RMC Sport.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting