«PSJ» darvozaboni Turkiya klubiga o'tishi mumkin
Photo: Getty Images
PSJ darvozaboni Matvey Safonov faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Fransiya jamoasi o'z darvozabonini "Galatasaroy"ga taklif qilgan. Istanbul klubi agar "Manchester Siti"dan Ederson yoki boshqa jahon darajasidagi darvozabonni qo'lga kirita olmasalar, ushbu variantni ko'rib chiqishlarini ma'lum qilishgan.
Eslatib o'tamiz, Safonov o'tgan yilning yozida "Krasnodar"dan PSJga 20 million yevro evaziga ko'chib o'tgandi. U yakunlangan mavsumda 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 7 ta bahsda o'z darvozasini daxlsizligini saqlab qoldi.
Bahrom Bobonov
Redaktor