«PSJ» Chempionlar ligasining 5-turidan soʻng ikkinchi oʻringa koʻtarilib oldi
Luis Enrike shogirdlari oʻz maydonida «Tottenhem»ni magʻlub etdi.
FOTO: Getty Images
Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida Angliya vakili «Tottenhem» ustidan g‘alaba qozondi.
Parijda o‘tgan uchrashuv 5:3 hisobida yakunlandi va bu natija «PSJ»ga turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilish imkonini berdi.
Besh turdan so‘ng Lus Enrike boshchiligidagi jamoa 12 ochko jamg‘argan — fransuz klubi besh o‘yinning to‘rtidasida zafar quchgan. «PSJ»ning yagona mag‘lubiyati avvalgi turda uchinchi pog‘onada borayotgan «Bavariya»ga qarshi bahsda qayd etilgan — 1:2.
Keyingi turda «PSJ» Chempionlar ligasi doirasida safarda Bilbaoning «Atletik» klubiga qarshi maydonga tushadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist