locale OZ

PSJ Chempionlar Ligasida 150 million yevro ishlab olishi mumkin

Agar parijliklar musobaqada g‘olib chiqsa, klubning UEFA tomonidan oladigan umumiy to‘lovlari shu miqdorga yetishi kutilmoqda.
PSJ Chempionlar Ligasida 150 million yevro ishlab olishi mumkin
Foto: Getty Images

“Pari Sen-Jermen” 2026/27-yilgi mavsum Chempionlar Ligasida muvaffaqiyatli ishtirok etsa, turnirdan qariyb 150 million yevro daromad olishi mumkin. Agar parijliklar musobaqada g‘olib chiqsa, klubning UEFA tomonidan oladigan umumiy to‘lovlari shu miqdorga yetishi kutilmoqda. Bu haqda The Touchline’ga tayanib, Euro-Football xabar berdi.

PSJ turnirdagi natijalaridan qat’i nazar, Value Pillar dasturi orqali 63,97 million yevro olishi kafolatlangan. Mazkur tizimda klubning UEFA reytingidagi o‘rni, media bozordagi qiymati va boshqa tijoriy ko‘rsatkichlari hisobga olinadi.

Qolgan daromad esa jamoaning Chempionlar Ligasidagi natijalariga bog‘liq bo‘ladi. G‘alabalar, umumiy bosqichdagi o‘rin va pley-off bosqichlaridan o‘tish uchun alohida bonuslar ajratiladi. Shu sababli PSJ yana finalgacha yetib borib, bosh sovrinni qo‘lga kiritsa, umumiy tushum 150 million yevroga yaqinlashishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Pari Sen-Jermen” Chempionlar Ligasining so‘nggi ikki mavsumida g‘olib chiqqan. Luis Enrike jamoasi yangi mavsumdagi ilk uchrashuvini 9-sentabr kuni o‘z maydonida “Slovan Bratislava”ga qarshi o‘tkazadi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting