locale OZ

PSJ “Chelsi”ning qimmatbaho himoyachisini nishonga oldi

Biroq “Chelsi” fransiyalik himoyachi uchun qariyb 75 million funt sterling — taxminan 87,5 million yevro talab qilmoqda.
PSJ “Chelsi”ning qimmatbaho himoyachisini nishonga oldi
Foto: Getty Images

Fransiyaning PSJ klubi “Chelsi”ning o‘ng qanot himoyachisi Malo Gyustoni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Parijliklar 23 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shishni istamoqda.

Biroq “Chelsi” fransiyalik himoyachi uchun qariyb 75 million funt sterling — taxminan 87,5 million yevro talab qilmoqda. PSJ rahbariyati hozircha ushbu mablag‘ni to‘lashga tayyor yoki tayyor emasligi bo‘yicha yakuniy qarorga kelmagan.

Gyustoga “Manchester Siti” ham qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholagan, uning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi esa 2030-yilgacha mo‘ljallangan. Himoyachi so‘nggi jahon chempionatida Fransiya terma jamoasi safida beshta uchrashuvda ishtirok etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting